O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Ekoforumi (Ekoforum) 2004-yil sentabr oyida 48 ta nodavlat notijorat tashkiloti va tashabbuskor guruhlar rahbarlarining konferensiyasida tashkil etilgan. Ekoforum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-aprelda O‘zbekistondagi ekologik nodavlat notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi sifatida ro‘yxatdan o’tgan.
Ekoforumning maqsadlari:
– Milliy ekologik strategiyani shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki samaradorligini oshirish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining sa’y-harakatlarini birlashtirish;
– Mamlakatning barqaror rivojlanishiga erishish uchun tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish;
– Ekologik qadriyatlarga asoslangan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ko’maklashish.
Ekoforum faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari mamlakatimizning turli mintaqalaridagi NNTlar koalitsiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan sakkizta maqsadli dasturida o‘z ifodasini topgan:
- Barqaror rivojlanish uchun alohida ta’lim va ekologik ta’lim;
- Suv va yer resurslarini barqaror boshqarishda jamoatchilik ishtiroki;
- Jamoatchilik atrof-muhit monitoringi va ekspertizasi;
– Gender va atrof-muhit;
– Ekologik jurnalistikani rivojlantirish;
– Yoshlarni faol ekologik faoliyatga jalb qilish;
– Iqlim o’zgarishi;
– Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.